O‘zbekistonlik ikki bokschi jahon chempioni bo‘ldi. Bugun ularning soni yana ortishi mumkin
Sport
−
26 noyabr 2022
5508Bugun, 26 noyabr kuni Ispaniyaning La Nusiya shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari yakunlanadi. 25 noyabr kungi final janglarida ikki nafar O‘zbekiston vakili ringga ko‘tarildi.
Ayollar o‘rtasida -48 kgda Gulsevar G‘aniyeva hindistonlik Bavna Sharmaga qarshi jang o‘tkazib, g‘alabaga erishdi va jahon chempioni degan faxrli nomga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida Baxtiyor Asadov finalda meksikalik Ezekel Kabrerani mag‘lub etdi va musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.
Bugun yana 6 nafar O‘zbekiston vakili jahon chempionligi uchun jang qiladi.
O‘zbekistonlik bokschilarning janglari ro‘yxati:
-67 kg: Javohir Ummataliyev – Nurbek Mursal (Qozog‘iston) (22:15 dan so‘ng);
-71 kg: Fazliddin Erkinboyev – Levante Gemes (Vengriya) (22:45 dan so‘ng);
-70 kg: Aziza Zokirova – Veronika Nakota (Ukraina) (23:00 dan so‘ng);
-75 kg: To‘rabek Xabibullayev – Daulet Tulemissov (Qozog‘iston) (23:15 dan so‘ng);
-80 kg: Rahmatillo Boymatov – Mikita Zasenok (Ukraina) (23:30 dan so‘ng);
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Amber Moss (Angliya) (00:10 dan so‘ng).
LiveBarchasi