Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sudda “UzAutoMotors”ga yutqazdi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2020
14483Toshkent shahar ma’muriy sudining bugun, 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi “UzAutoMotors” AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishi bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas deb topildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidan arizachi “UzAutoMotors” AJ foydasiga shikoyat keltirishda to‘langan davlat boji 2 230 000 so‘m va 20 000 so‘m pochta xarajatlari undirish belgilandi.
Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlari talablari buzilganligi holati yuzasidan xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Matbuot kotibining QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, tashkilot sud qarori ustidan shikoyat qilish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “UzAutoMotors” AJda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishning oxirida komissiya kompaniya avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mln so‘mgacha tushirishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
LiveBarchasi