Monika Belluchchi “Oltin Aleksandr” bilan taqdirlandi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbek tomoshabinlariga “Asteriks va Obeliks” filmidagi Kleopatra roli bilan tanilgan mashhur aktrisa Monika Belluchchi Gretsiyadagi 64-Saloniki (Thessaloniki) kinofestivalida "Oltin Aleksandr" (Golden Alexander) mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar qildi. 

Italiyalik aktrisa bu yilgi Saloniki kinofestivalining rasmiy mehmoni bo‘lgan. Festivalda Belluchchi bosh rolni ijro etgan Juzeppe Tornatorening “Malena” nomli komediya-dramasi namoyish etilgan.  Taqdimotdan avval aktrisa mukofot bilan taqdirlangan. 

“Men uchun bu loyihaning bir qismi bo‘lish ajoyib tajriba bo‘ldi. Rejissyor ham yaxshi ishladi. Tadbir uchun sizga katta rahmat. Men juda ta’sirlandim. Chunki barchangiz Gretsiyani qanchalik yaxshi ko‘rishimni bilasiz. Men bu yerga tez-tez kelib turaman”, dedi Belluchchi festivalda so‘zga chiqib. 

Shuningdek, Belluchchi “Mariya Kallas: Maktublar va xotiralar” filmining namoyishida ham qatnashgan. U Tom Volf va Yannis Dimolitsas rejissyorlik qilgan bu filmda bosh rolni ijro etgan.

Ma’lumot uchun, aktrisa karerasini modellikdan boshlagan. Keyinchalik aktrisa sifatida kino san’atiga kirib kelgan. 59 yoshli Belluchchi turli janrlarda, jumladan, komediyalar, dramalar va tarixiy filmlarda rol o‘ynagan. U hozir ham moda sanoatidagi faoliyatini davom ettirmoqda. Xususan, Dior va Dolce & Gabbana kabi nufuzli brendlarning asosiy “yuzi” hisoblanadi. Belluchchi rejissyorlik sohasida ham ishlamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli xonanda Shakira to‘rtinchi marotaba “Video Music Awards” mukofoti (VMA) bilan taqdirlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

mukofot Kleopatra Monika Belluchchi Oltin Aleksandr Asteriks va Obeliks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made