Monako tarixidagi ilk terakt sodir etildi. Ukrainalik oligarx og‘ir jarohat oldi (video)
Olam
−
30 iyun 5332 2 daqiqa
Kecha, 29 iyun kuni Monakodagi turarjoy binosida yuz bergan portlash oqibatida uch kishi jarohatlandi. Davlat vaziri Kristof Mirman sodir bo‘lgan voqeani knyazlik tarixidagi birinchi terrorchilik harakati deb atadi. Bu haqda BFMTV xabar berdi.
“Gap, ehtimol, terrorchilik harakati haqida ketmoqda”, deydi Mirman.
Uning so‘zlariga ko‘ra, portlovchi qurilma tarkibida, taxminlarga ko‘ra, boltlar va sochma o‘qlar bo‘lgan.
“Mening bilishimcha, bu knyazlik tarixida bunday harakat sodir etilishi bilan bog‘liq birinchi holatdir”, deya qo‘shimcha qilgan Mirman.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida asli ukrainalik bo‘lgan uch kishi jarohat olgan. Ular 50 va 60 yosh atrofidagi erkak va ayol, shuningdek, 13 yoshli o‘smirdir. Ularning uchchalasi ham bir oila a’zolari ekanligi haqida ma’lumotlar bor.

“Portlashning uch qurbonidan biri – 1968 yilda tug‘ilgan yirik ukrainalik oligarx Vadim Yermolayevdir”, deydi surishtiruv ishlariga yaqin bo‘lgan manba.
Uning qo‘shimcha qilishicha, portlashning ikkinchi jabrlanuvchisi oligarxning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, ikkala katta yoshli insonning ham ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Shu bilan birga, 13 yoshli bolaning ahvoli barqaror.
Ukraina nashrlarining yozishicha, Vadim Yermolayev eng boy 100 nafar ukrainalik ro‘yxatida 23-o‘rinni egallaydi. 2019 yilda u Ukraina fuqaroligidan voz kechib, Kipr fuqaroligini olgan. Keyinchalik, 2023 yilda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yermolayevga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy etgan.
Live
Barchasi