Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kecha, 9 iyul kuni imzolagan qarori bilan Abruyev Jamshid Ismailovich O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jamshid Abruyev joriy yilning fevralidan Moliya vaziriligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Jamshid Abruyev 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

•    2000 – 2004 yillarda Samarqand shahar Temir yo‘l tumani Xalq ta’limi bo‘limi hamda tuman hokimliklarida hisobchi, iqtisodchi;

•    2004 – 2012 yillarda Samarqand viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i muovini;

•    2012 – 2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasining Umumiy o‘rta va maktabgacha ta’limni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi, keyinchalik bo‘lim boshlig‘i;

•    2017 – 2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;

•    2018 – 2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Moliya vazirligi Jamshid Abruev

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing