Moldovaning yangi Prezidenti Putin bilan suhbatlashishni xohlayapti

Olam

image

Moldovadagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Mayya Sandu Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama munosabatlar masalasini muhokama qilishga umid qilmoqda. Bu haqda u BBC rus xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

U Moldovani barcha mamlakatlar bilan, shu jumladan Rossiya bilan ham yaxshi munosabatlar o‘rnatishini xohlaydi. 

Siyosatchi Putin bilan Moldova eksportini qayta tiklash, shuningdek, Rossiyada ishlayotgan Moldova fuqarolari uchun yaxshi sharoitlar va pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi shartnomani imzolash masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

"Rossiya bilan munosabatlarimiz bo‘yicha bizda juda katta takliflar bor", degan Sandu.

Ma’lumot uchun, kecha, 16 noyabr kuni Moldovadagi prezidentlik saylovlarida g‘arbparast Mayya Sandu g‘alaba qozongani ma’lum bo‘lgandi. 

Kechaning o‘zida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin "Harakat va birdamlik partiyasi" yetakchisi Mayya Sanduga telegramma yuborib, Moldovadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabriklagan.


Maqola muallifi

Teglar

SANDU PUTIN

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing