Obama kitobida Putin va Medvedev haqida yozdi
Olam
−
17 noyabr 2020
11356AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va sobiq Prezident Dmitriy Medvedev haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Bu haqda Obama o‘zining "Va’da qilingan zamin" kitobida yozgan.
Amerikaning 44-prezidenti Putinning "Chikago mashinasini boshqargan ko‘cha boshlig‘iga" o‘xshashini ta’kidlagan.
Shuningdek, Obama Medvedevni haqiqiy kuch egasi deb bilmasligini aytgan.
"Prezident Dmitriy Medvedev esa yangi Rossiyaning o‘ziga xos timsoli bo‘lib tuyuldi: yosh, kelishgan va Yevropada tikilgan zamonaviy kostyumlar kiyadigan. To‘g‘ri, u Rossiyadagi haqiqiy kuch emas edi", deb yozgan Obama o‘z xotiralarida.
AQSH sobiq Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u BRIKS (besh mamlakatdan iborat guruh: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) rahbarlari orasidan asosan Medvedev bilan aloqada bo‘lishni xohlagan. Chunki Rossiya bilan munosabatlar past darajada bo‘lgan.
Avvalroq, Obama "AQSHning dunyoda obro‘si toptalgani"da, koronavirus bilan kurashish uchun mamlakatda samarali choralar ko‘rilmaganida Oq uyning amaldagi rahbari Donald Trampni ayblagani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot uchun, Barak Obama 2009-2017 yillarda AQSH Prezidenti bo‘lgan.