Moldovaning birinchi prezidenti vafot etdi

Olam

image

Kecha, 13 sentyabr kuni Moldovaning birinchi prezidenti 82 yoshli Mircha Snegur vafot etdi. Bu haqda Moldova Bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Konstantin Tampiza o‘zining ijtimoy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Birodarlar, g‘amgin va qayg‘uli... 13 sentyabr kuni soat 23:30 da Moldova Respublikasining birinchi prezidenti Mircha Snegur davolab bo‘lmaydigan kasallikdan vafot etdi”, deya yozgan Tampisa.

Ma’lumot uchun, Mircha Snegur 1990 yil 3 sentyabrdan 1997 yil 15 yanvargacha Moldova prezidenti bo‘lgan. U prezidentlik davrida Moldova 130 dan ortiq davlat tomonidan tan olingan hamda BMT va boshqa 40 dan ortiq xalqaro tuzilmalarga a’zo bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made