Moldovadagi prezidentlik saylovlarida ayol nomzod oldinga chiqib oldi

Olam

image

Moldovada o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida "Harakat va birdamlik partiyasi" yetakchisi Mayya Sandu g‘olib bo‘ldi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, deyarli 100 foiz protokollar qayta ishlangandan so‘ng Sandu 56,28 foiz ovoz to‘plagani ma’lum bo‘lgan. 

Moldova Markaziy saylov komissiyasi mamlakat ichidagi saylov uchastkalarining barcha protokollarini ko‘rib chiqqan. 

Unga ko‘ra, saylovchilarning 43,72 foizi prezidentlikka yana bir nomzod Igor Dodonga ovoz bergan. 

MSK protokollarning 98,69 foizini qayta ishlagan. AQSH va Kanadadagi saylov uchastkalarining ishlari hanuzgacha davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda "Harakat va birdamlik partiyasi" yetakchisi Mayya Sandu va amaldagi Prezident Igor Dodon ishtirok etdi. Bu ikkala nomzod 2016 yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida ham kurashgan edi. 

2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Sandu Yevropaparast kuchlarning yagona nomzodiga aylangan. Ammo u ikkinchi bosqichga qadar Dodonga 4 foiz farq bilan yutqazgan.

Avvalroq, Moldovada birinchi marta ayol kishi prezidentlikka saylanishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

SAYLOV MOLDOVA

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing