Bugun AQSH Prezidentligi saylovida muhim kun

Olam

image

Bugun, 14 dekabr kuni AQSHda saylovchilar kollegiyasi 3 noyabrdagi prezidentlik saylovlari natijalariga ko‘ra, Prezident va vitse-prezident uchun o‘z ovozlarini beradi

Saylovchilar kollegiyasi 538 a’zodan iborat. 

AQSHda prezidentlikka nomzod 50 shtat va Kolumbiya okrugi o‘rtasida saylovchilarning ovozlarini ularning aholisiga mutanosib ravishda taqsimlaydigan Saylov kollegiyasi tizimi orqali Prezident bo‘ladi.

Saylov natijalari shuni ko‘rsatadiki, Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden saylovchilarning 306 ta ovozini olgan, bu esa talab qilingan 270 ta ovozdan ham ko‘p. Amaldagi Prezident Donald Tramp esa 232 ta ovoz to‘plagan.

Saylovchilarning har biri o‘z shtatida, mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan boshlab ovoz beradi. Har bir shtatdagi saylovchilar soni uning Kongressdagi vakillari soniga teng. 

Saylovchilar kollegiyasidagi ovozlar natijalari Kongress tomonidan 2021 yilning 6 yanvarida tasdiqlanadi.

Prezident inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi


Maqola muallifi

Teglar

AQSh SAYLOV

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing