Moldova Prezidenti saylovida Mayya Sandu g‘alaba qozondi

Olam

image

Moldovadagi prezidentlik saylovlarida g‘arbparast Mayya Sandu g‘alaba qozondi. Bu haqda Moldova Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan. 

Unga ko‘ra, protokollarning 99,3 foizdan ko‘prog‘i qayta ishlangandan so‘ng Sandu saylovlarda 56,91 foiz ovoz to‘plagan. Uning raqibi Igor Dodon esa 43,09 foiz ovoz olgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Sanduni Moldovaning 910 mingdan ortiq fuqarosi, Dodonni esa 689 mingdan ortiq fuqaro qo‘llab-quvvatlagan. 

MSK 20 ga yaqin xorijiy saylov uchastkalarida protokollarni ko‘rib chiqishi kerak.

MSK ma’lumotlarga ko‘ra, Sanduni 92 foizdan ortiq chet elda ovoz bergan Moldova fuqarolari qo‘llab-quvvatlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Moldova Bosh vaziri Ion Kiku Sanduni saylovlardagi g‘alabasi bilan tabriklagan.

Ma’lumot uchun, kecha 15 noyabr kuni Respublikada Prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda "Harakat va birdamlik partiyasi" yetakchisi Sandu va amaldagi davlat rahbari Dodon qatnashdilar.

Avvalroq, Moldovada birinchi marta ayol kishi prezidentlikka saylanishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

SAYLOV MOLDOVA

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing