Tramp saylov natijalarini baribir tan olmasligi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning bir necha maslahatchilari, u barcha ovozlar natijasi e’lon qilingandan keyin ham prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olmaydi, deb hisoblamoqda. Bu haqda NBC News vaziyat bilan tanish manbalarga asoslanib xabar bergan.

Trampning maslahatchilaridan biri, siyosatchi saylov natijalariga qarshi chiqish fikridan qaytadi, degan fikrni aytgan.

"Uning saylov natijalarini tan olishini kutmang. Lekin u: "Biz natijalarga ishonmaymiz. Ammo ular bilan bahslashmaymiz ham", degan mazmundagi gap aytadi", deya ta’kidlagan Trampning katta maslahatchilaridan biri. 

Trampning yana bir yordamchisiga ko‘ra, Oq uyning amaldagi rahbari saylov natijalari o‘zgarishi ehtimoli nolga teng ekanligini yaxshi tushunyapti.

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

TRAMP SAYLOV

Baholaganlar

399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing