Moldovadagi aeroportda otishma sodir etgan tojikistonlik o‘z davlatida qidiruvda ekani aniqlandi

Olam

image

Moldovaning Kishinyov aeroportida asli tojikistonlik bo‘lgan Rossiya fuqarosi otishma sodir etishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jarohatlangandi. Ushbu fuqaro Tojikistonda odam o‘g‘irlashda ayblanib, tergovdan yashiringani aniqlandi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 23 iyun kuni Dushanbe shahrida “Oriyonbank” raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Ismatulloyev o‘g‘irlab ketilgan. Mazkur fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov guruhi tuzilgan. 

Tergov jarayonida uyushgan jinoiy guruh ishtirokchilaridan biri tojikistonlik Rustam Ashurov ushbu jinoyatni sodir etib, keyinchalik yashirinish maqsadida Turkiya orqali Moldova Respublikasiga qochib ketgani aniqlangan. 

Qayd etilishicha, Moldova davlat chegarasini kesib o‘tib, uni qo‘lga olishga urinayotganda Rustam Ashurov Kishinyov aeroporti huquq-tartibot idoralari xodimlaridan birining to‘pponchasini tortib olgan, ikki kishini otib o‘ldirgan va bir necha kishini garovga olgan.

“Antiterror operatsiyasi chog‘ida Rustam Ashurov yaralanib, qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Voqeadan so‘ng Kishinyov aeroportining yo‘lovchilari va xodimlari evakuatsiya qilingan. Hodisa bartaraf etilmaguncha barcha reyslar qoldirilib, samolyotlar parvozlari to‘xtatilgan.

Moldova prokuraturasi terrorchilik harakati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Respublika Prezidenti Maya Sandu esa mamlakat hududida huquq-tartibot idoralarini shay holatga keltirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Moldova otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing