Moldovadagi aeroportda otishma sodir etgan tojikistonlik umrbodga qamalishi mumkin
Olam
−
01 iyul 2023
4672Moldovaning Kishinyov aeroportida otishma sodir etgan tojikistonlik shaxs umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin. Bu haqda Moldova Bosh prokurori Ion Muntyanu brifingda ma’lum qildi.
“Moldova qonunchiligiga ko‘ra, u sodir etgan jinoyati uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin”, deydi Muntyanu.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kishinyov aeroportida otishma sodir etgan tojikistonlik Rustam Ashurov og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Tekshiruv vaqtida erkak Tojikiston fuqarosi ekani aniqlangan. Politsiyada uning fuqaroligi haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q.
Moldova bosh politsiya inspeksiyasi rahbari Viorel Cherneutsyanuga ko‘ra, politsiya qo‘lga olingan shaxsning Tojikistondan tashqari boshqa davlatlar fuqaroligiga ega yoki yo‘qligini tekshirmoqda.
"Bu vaziyatda ikki yoki uch fuqarolik jihati eng muhimi emas", deydi Viorel Cherneutsyanu.
Eslatib o‘tamiz, Moldovaning Kishinyov aeroportida Tojikiston fuqarosi otishma sodir etgandi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jarohatlangandi. U Tojikistonda joriy yilning 23 iyun kuni “Oriyonbank” raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Ismatulloyevni o‘g‘irlab ketganlikda ayblangan. Shundan so‘ng, u yashirinish maqsadida Turkiya orqali Moldovaga qochib ketgan.
LiveBarchasi