Moldova Prezidenti davlat tilini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Olam

image

Moldova Prezidenti Mayya Sandu parlamentning davlat tilini moldovan tilidan rumin tiliga o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorini ma’qulladi. Bu haqda kecha, 22 mart kuni u o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

“Bugun men tarixiy va inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatni tasdiqlovchi qonunni qo‘llab-quvvatladim. Moldovaning davlat tili rumin tilidir. Men rumin tili bu yerda yashaydigan va bu yerni sevadigan barchamizni birlashtirishini istayman”, degan Sandu.

Shuningdek, Sandu bu qaror Moldova jamiyatini birlashtirishiga ishonch bildirgan.

“Ishonchim komilki, rumin tili jamiyatimizni mustahkamlash uchun katalizator bo‘lishi mumkin va bo‘lishi kerak”, deya ta’kidlagan Prezident.

Hujjatga ko‘ra, rasmiy muomaladagi “moldovan tili”, “davlat tili”, “rasmiy til”, “ona tili” iboralari “rumin tili” bilan almashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 mart kuni hukmron “Harakat va birdamlik” partiyasi tashabbusi hisoblangan “Davlat tilini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tgan edi. U ikkinchi va yakuniy o‘qishda qabul qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova davlat tili Mayya Sandu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing