Moldova Prezidenti ham Ukrainaga bordi
Olam
−
21 noyabr 2023
4658Moldova Prezidenti Mayya Sandu Kiyevga tashrif bilan keldi va Yevromaydon voqealari boshlanganining 10 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni xabar berdi.
“Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va birinchi xonim Yelena Zelenskaya Qadr-qimmat inqilobi davrida halok bo‘lgan faollar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.Tadbirda Moldova Respublikasi Prezidenti Mayya Sandu ham ishtirok etdi”, deyiladi idora veb-sayti ma’lumotida.
Shuningdek, Zelenskiy va Sandu yodgorliklardan biriga chiroqlar o‘rnatayotgan fotosuratlar ham e’lon qilingan.
Ma’lumot uchun, Qadr-qimmat va erkinlik kuni Ukraina milliy bayrami bo‘lib, u 2014 yilda tashkil etilgan. Bayram har yili 21 noyabrda Ukrainadagi rangli inqilob va “qadr-qimmat” inqilobi boshlangan kunda nishonlanadi. Bu 2005 - 2010 yillarda "To‘q sariq inqilob"ni nishonlash uchun o‘tkaziladigan va Ukraina prezidenti Viktor Yanukovichning farmoni bilan bekor qilingan "Ozodlik kuni" milliy bayramining o‘ziga xos davomchisidir.
Eslatib o‘tamiz, Sandu oxirgi marta joriy yilning mart oyida Ukrainaga borgan va Zelenskiy bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi