Moldova O‘zbekistonning qo‘shnilari uchun viza tartibini joriy etmoqchi

Olam

image

Moldova hukumati 1992 yil 9 oktyabrda Bishkekda imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari fuqarolarining mamlakatga vizasiz kirishi to‘g‘risidagi bitimni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “NewsMaker” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Moldova Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasi joriy yilning 12 noyabr kuni hukumat yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Agar hujjat ma’qullansa, u parlamentga taqdim etiladi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, viza tartibi faqat Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolariga nisbatan joriy etiladi, chunki Moldova bu davlatlar bilan fuqarolarning harakatlanishini tartibga soluvchi alohida ikki tomonlama kelishuvlarga ega emas.

QALAMPIR.UZ O‘zbekiston bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Tashqi ishlar vazirlgi matbuot kotibi Ahror Burxonov bilan bog‘landi. Uning bildirishicha, Moldova o‘zbekistonliklar uchun viza tartibini joriy etishni rejalashtirmayapti.

Ushbu qadam Moldovaning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishiga va migratsiya hamda viza siyosatini YeI talablari bilan moslashtirishga harakat sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chernogoriya hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

viza Moldova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing