Modrich faoliyatini yakunlamoqchi
Sport
−
29 may 1441 1 daqiqa
Xorvatiya terma jamoasi sardori va “Milan” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Jahon chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlamoqchi. Bu haqda “World Soccer Talk” nashri berdi.
40 yoshli xorvatiyalik futbolchining “Milan” bilan shartnomasi kelasi yil iyun oyida tugaydi. Avvalroq klub uni jamoada olib qolishni istayotgani, yarim himoyachining o‘zi ham qolishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq klubdagi so‘nggi voqealar uning fikrini o‘zgartirgan.
Manbaga ko‘ra, bunga bir nechta omil ta’sir qilgan. “Milan”ning Chempionlar Ligasiga yo‘llanma ololmagani Modrichni Yevropaning eng nufuzli turnirida yana bir bor qatnashish imkoniyatidan mahrum qildi. Shuningdek, u hurmat qiladigan murabbiy Massimiliano Allegrining ketishi ham muhim omil bo‘lgan. Qolaversa, Modrich hali ham sovrinlar uchun kurashishni istamoqda, ammo “Milan”dagi yaqin islohotlar fonida bu qiyin vazifadek ko‘rinmoqda.
Modrich o‘tgan yozda “Milan” safiga qo‘shilgan edi. U joriy mavsumda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Modrich Xorvatiya terma jamoasi safida 196 ta o‘yinda ishtirok etib, 28 ta gol urgan. U jamoasiga 2018 yilda Jahon chempionati kumush medalini, to‘rt yildan keyin esa bronza medalini qo‘lga kiritishga yordam bergan.

Live
Barchasi