Modrich faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

Sport

−

image

Yozda xorvatiyalik futbolchi "Real"ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo transfer amalga oshmadi.

Endi esa “Real" yarimhimoyachisi Luka Modrich Italiya chempionatiga o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi.

"Menga Italiya yoqadi, u Xorvatiya yaqinida. Italiya chempionatini kuzatib boraman, u yerda ko‘plab vatandoshlarim o‘ynaydi. Mentalitetimiz ham italiyaliklarnikiga o‘xshash.

Ko‘ramiz ... Hozir men faqat "Real" haqida gaplasha olaman, chunki men "qaymoqranglilar" o‘yinchisiman. Men bu yerda o‘ynashni yaxshi ko‘raman: hozirgi paytda kelajagim faqat shu klub bilan bog‘liq ", -dedi "Oltin to‘p"ning hozirgi egasi.

Ta’kidlash joizki, 34 yoshli xorvatiyalikning ispan grandi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida tugaydi.


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

33

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing