Modrich ham Saudiyaga ketadi

Sport

image

Xorvatiyalik 37 yoshli yarim himoyachi Luka Modrich yozda “Real Madrid”ni tark etadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi. 

Shartnomasi yozda yakunlanadigan Modrich “Real Madrid” bilan kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti va Saudiya Arabistoni jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolash niyatida.

“Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 10 million yevroni tashkil qiladi.‌‌ Biroq saudiyaliklar taklif qilgan shartnoma imzolansa, xorvatiyalik shu uch yil ichida 120 million yevro ishlab oladi. 

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi joriy mavsumda “Real” safida barcha turnirlar doirasida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Modrich Saudiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing