Modrich “Real” bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas

Sport

image

“Real”ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich Madrid klubi bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Bu haqda “El Larguero” xabar berdi.

Modrich 2012 yilning avgustidan beri “Real”da o‘ynamoqda. Nufuzli “Transfermarkt” internet portali Lukaning hozirgi transfer qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Qayd etish joiz, Modrich “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. U bu mukofotni 2018 yilda olgan.

Joriy mavsumda 38 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. La Liganing 21-turidan so‘ng, “Real” turnir jadvalida peshqadam “Jirona”dan 2 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Modrich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made