Modrich “Real”dan ketadi – manba

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol jurnalisti Ramon Alvares de Mon o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 38 yoshli xorvatiyalik madridliklar safida to‘p suradigan 10-raqam Kilian Mbappega o‘tadi. Fransiyalik futbolchining transferi yaqin orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Dastlab, Mbappe qirollik klubida 9-raqam ostida to‘p tepishi xabar qilingandi, biroq Modrich ketsa, Kilian 10-raqamning yangi egasiga aylanadi. 

Modrich 2012 yildan beri “Real”da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe “Real”dagi besh yili davomida qancha bonus olishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mbappe Modrich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made