“Modniy” Japarov yana bir xobbisi uchun taqdirlanadi

Olam

image

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WTF) Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga taekvondo bo‘yicha to‘qqizinchi danni berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda WTF rahbari Chung Von Cho Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

WTF rahbari Butunjahon taekvondo tashkilotining tegishli qaroriga muvofiq tez orada faxriy unvonni topshirish marosimi bo‘lib o‘tishini ta’kidladi. Ushbu sport turida to‘qqizinchi dan egasi koreys jang san’atining “buyuk ustasi” hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Japarov taekvondo bo‘yicha to‘qqizinchi dan bilan taqdirlangan Qirg‘izistonning birinchi prezidenti emas. 2013 yilda ko‘rsatilgan toifani o‘sha paytdagi respublika rahbari lavozimini egallab turgan Almazbek Atambayev ham olgan.


Maqola muallifi

Teglar

taekvondo Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing