Modi Moskvaga yetib bordi (video)
Olam
−
08 iyul
8760Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Moskvaga yetib bordi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Vnukovo-2” aeroportida uni Rossiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Matrunov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tashrif doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Hindiston Bosh vaziri jo‘nab ketishidan oldin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni intiqlik bilan kutayotganini aytib, uni do‘st deb atagan. Modi 22-Hindiston-Rossiya yillik sammitida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif bilan ketayotganini bildirgan.
8-9 iyul kunlari davom etadigan tashrif Modining uchinchi marta Bosh vazir lavozimiga kirishganidan keyingi ilk xorijiy safaridir. Hindiston hukumati rahbari oxirgi marta 2019 yilda Rossiyada bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Moskvadan keyin 9-10 iyul kunlari Hindiston Bosh vaziri Avstriyaga boradi, bu Hindiston hukumati rahbariyatining so‘nggi 40 yildagi birinchi tashrifi va Modining o‘zi uchun ham birinchi tashrif bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazir Narendra Modining Moskvaga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi