Modi G20 sessiyasida “India” o‘rniga “Bharat” yozuvi bilan nutq so‘zladi

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Nyu-Dehlida ochilgan G20 sammitining birinchi sessiyasida mamlakatni nomi sifatida “India” o‘rniga “Bharat” yozuvi tushirilgan belgidan foydalandi. Uning chiqishi ANI News agentligida to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

Hindiston Konstitutsiyasida hind va ingliz tillari rasmiy tillar sifatida qayd etilgan. Ingliz tilida mamlakat “India”, hind tilida “Bharat” deb ataladi. 

“Reuter” agentligining qayd etishicha, G20 logotipida mamlakat nomi har ikki tilda ham aks ettirilgan, ilgari esa faqat “India” so‘zi ishlatilar edi.

“Bharat G20 raisi sifatida delegatlarni kutib oladi”, deya hind tilida nutq so‘zlagan Narendra Modi.

Ma’lumot uchun, Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu G20 sammiti kechki ovqatiga ingliz tilida yozilgan taklifnomalarda birinchi marta “President of India” o‘rniga “President of Bharat” atamasini qo‘llagan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Hindistondagi mahalliy OAV hukumat mamlakatning ingliz tilidagi nomini “India”dan “Bharat”ga o‘zgartirish taklifini parlamentda ovozga qo‘yish niyatida ekanini xabar qilgandi. Biroq mamlakat Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar Hindiston hukumati davlat nomini o‘zgartirishni rejalashtirmayotganini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston G20 Narendra Modi Bharat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing