Jazoni o‘tash muassaslari tarkibi o‘zgardi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.

1) 45-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

•    jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqiga ega bo‘lgan koloniyalar;

•    tarbiya koloniyalari;

•    qamoqxonalar;

•    mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar”;

2) quyidagi mazmundagi 52-1-modda bilan to‘ldirildi:

“521-modda. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar

Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangandir”;

3) 54-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi – to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

“Ushbu muddat davomida mahkum:

•    qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish;

•    o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan  to‘lanadigan, o‘n besh daqiqa davom etadigan bir marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga jo‘natiladi.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jo‘natish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi”;

ikkinchi qismi beshinchi qism deb hisoblanadi;

4) 59-moddaning birinchi qismidagi "Ixtisoslashgan davolash muassasalarida" degan so‘zlar “Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda” degan so‘zlar bilan almashtirildi;

5) 60-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirildi:

“Jazoni ijro etish joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-jo‘natish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-jo‘natish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida o‘zining jazoni o‘tashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-jo‘natish uchastkalarida saqlashning eng ko‘p muddati ko‘pi bilan 20 sutkani tashkil etadi”;


Maqola muallifi

Teglar

qonun qamoq

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing