MMA'da ham eng yaxshilar aniqlandi
Sport
−
17 dekabr
2844Braziliyalik MMA ustasi Aleks Pereyra ortda qolayotgan yil yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi jangchi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
2024 yilda 37 yoshli jangchi 3 marta oktagonga ko‘tarilib, barchasida g‘alaba qozondi. Yil davomida Pereyra Jamal Xill, Irji Proxazka va Xalil Runtri kabi nomdor jangchilarni taslim etdi.
Kamerunlik Frensis Ngannu esa UFC'da faoliyat olib bormayotgan eng yaxshi jangchi bo‘ldi. 38 yoshli jangchi PFL ligasida braziliyalik 35 yoshli Xenan Ferreyra bilan jang qilib g‘alaba qozondi.
Maks Xolluey yil nokauti nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Amerikalik jangchi aprel oyida hamyurti Jastin Getji bilan to‘qnash kelib, raqibini nokaut evaziga mag‘lub etgandi.
Yana bir qator nominatsiyalarda yilning eng yaxshilari aniqlandi.
ESPN sovrinlari ro‘yxati:
Yil jangchisi - Aleks Pereyra;
UFC'da bo‘lmagan yilning eng yaxshi jangchisi - Frensis Ngannu;
Yilning eng yaxshi ayol jangchisi - Kayla Xarrison;
UFC'da bo‘lmagan yilning eng yaxshi ayol jangchisi - Dakota Ditcheva;
Yil jangi – Jastin Getji – Maks Xolluey;
Yil nokauti - Xollouey tomonidan Getji bilan jangda amalga oshirilgan nokaut;
Yil sabmisheni - Drikus du Plessis Isroil Adesanya bilan jangda;
Yil voqeasi – Pereyra Jamol Xillni nokautga uchratishdan oldin hakamni turtib yuborgani;
Yilning eng yaxshi muvaffaqiyati - Diyego Lopes;
Yil kashfiyoti – Karlos Prates;
Yilning eng yaxshi jamoasi - “Jangchilar”;
Eng yaxshi turnir - UFC 300.