Siril Ganning unvonini tan olmayman – Ngannu
Sport
−
27 dekabr 2021
2325Superog‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Fransis Ngannu (16-3) 2022 yil 22 yanvar kuni o‘zining chempionlik unvonini himoya qilishi uchun vaqtinchalik chempion Siril Ganning (10-0) maqomini tan olmasligini aytib o‘tdi.
“Men Ganning vaqtinchalik unvonini tan olmayman. Chunki superog‘ir vaznning mutlaq chempionman. Sirilning kamari noqonuniy bo‘lib, almashtirish sifatida taqdim etilgan. Amaldagi chempionning mavjudligi uni bekor qiladi. Men hech qayerga ketib qolganim yo‘q. Eng yuqori pog‘onada bo‘lishni istayman, demak, hammani mag‘lub etishim kerak. 22 yanvar kuni shu ish sodir bo‘ladi”, deydi Ngannu.
Eslatib o‘tamiz, UFC prezidenti Dana Uaytning ma’lum qilishicha, promoushen bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra bu bahs 35 yoshli kamerunlik Ngannu uchun oxirgi jang hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ngannuning so‘nggi jangi 2021 yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan va sobiq chempion Stipe Miochich (20-4) ustidan g‘alaba qozonib, kamarga ega chiqqan edi. Ushbu tanaffus tufayli UFC divizionda vaqtinchalik chempionlik unvoni uchun jang tashkil etishga majbur bo‘ldi. 2021 yil avgust oyida o‘tkazilgan bellashuvda Gan Derrik Lyuisni (26-8) nokaut evaziga mag‘lub etishning uddasidan chiqqan edi.