MIZ ishtirokchilari qancha vaqt foyda solig‘i to‘lamasligi belgilandi
Jamiyat
−
13 iyul 2022
7825Endi maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari investitsiya miqdoriga qarab 10 yilgacha foyda solig‘idan ozod qilinadi. Tegishli tartib kecha, 12 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilandi.
Kiritilgan qo‘shimchalar bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi. Unga ko‘ra, imtiyoz muddati investitsiya hajmiga qarab:
• 3 mln AQSH dollaridan – 5 mln AQSH dollarigacha investitsiya uchun – 3 yil;
• 5 mln AQSH dollaridan – 15 mln AQSH dollarigacha investitsiya uchun – 5 yil;
• 15 mln AQSH dollari va undan ko‘p investitsiyalar uchun –10 yil muddatga foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Mazkur muddatlar ishlab chiqarish ob’ekti foydalanishga qabul qilingan sanadan hisoblanadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi