Misrda poyezd halokatga uchradi. Kamida 11 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
19 aprel 2021
3304Kecha, 18 aprel kuni Misrning Qalyubiya viloyatida poyezdning relsdan chiqib ketishi natijasida 100 ga yaqin odam jarohat oldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bergan.
"Al-Arabiya" telekanalining xabar berishicha, poyezd halokatida kamida o‘n bir kishi halok bo‘lgan. Poyezd Al-Mansur shahridan Qohiraga ketayotgan bo‘lgan.
Viloyat hokimiga ko‘ra, sakkizta vagon relsdan chiqib ketgan.
Hodisaning sabablari haqida hozircha ma’lumot keltirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirida Misr janubidagi Soxag provinsiyasida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashgandi.