Misrda fir’avn Ramzes II ning qilichi topildi

Olam

image

Misr arxeologlari mamlakat shimolidagi Al-Buhayra provinsiyasida olib borilgan qazishmalar chog‘ida fir’avn Ramzes II qilichini topdi. Bu haqda mamlakat Turizm va qadimiy ashyolar vazirligi xabar berdi.

“Misr arxeologik missiyasi Tel al-Abqayn arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar paytida harbiy kazarmalar va Yangi Qirollik davriga oid qurol-yarog‘ va oziq-ovqat omborlaridan bir qancha me’moriy bloklarni topdi. Al-Buhayra provinsiyasida ham ko‘plab arxeologik topilmalar va askarlarning shaxsiy qurollari topildi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Misr Qadimiy yodgorliklari oliy kengashi bosh kotibi Muhammad Ismoil Xolidga ko‘ra, arxeologlar topilmasi qadimda Misr armiyasini joylashtirish nuqtalaridan biri hisoblangan Abqayn qal’asining tarixiy va arxeologik ahamiyatini tasdiqlaydi.

Vazirlikka ko‘ra, missiya davomida fir’avn Ramzes II ga tegishli bronzadan yasalgan uzun qilich topilgan. Shuningdek, arxeologlar qurol-yarog‘, baliq ovlash asboblari, shaxsiy gigiyena vositalari, tumor, sigir dafn etilgan joyni va ikkita ohaktosh blokini ham topgan. Bloklardan biri Ramzes II unvonlarining iyeroglif yozuvi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Ramzes II Qadimgi Misr tarixidagi eng buyuk hukmdorlardan biri hisoblanadi. Taxminlarga ko‘ra, u 60 yildan ortiq (miloddan avvalgi XIII asr) hukmronlik qilgan, bu davrda Misr jiddiy harbiy muvaffaqiyatlarga erishgan va yirik hududiy istilolarga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Kumushkon” mahallasining shimolidagi fermer xo‘jaligiga olib boruvchi yo‘lning qurilishi jarayonida tasodifan qadimgi davrga oid qabr qoldiqlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr fir'avn Ramzes II

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing