Misrda avtobus ag‘darilib ketdi. Qurbonlar bor
Olam
−
15 Oktabr
2014Misrda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 33 kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, kecha, 14 oktyabr kuni Misrda Qohirani Qizil dengiz qirg‘og‘i bilan bog‘lovchi avtomagistralda avtobus ag‘darilib ketgan. Misr Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan va 33 kishi jarohatlangan.
Qayd etilishicha, voqea joyiga 28 ta tez yordam mashinasi yuborilgan. Hodisa sodir bo‘lgan Al-Galala avtomagistrali Qohirani Qizil dengiz sohilidagi Ayn-Soxna kabi shaharlar bilan bog‘laydi.
Mahalliy “Al Ahram” nashri xabariga ko‘ra, baxtsiz voqeada Galala shahrida joylashgan Galala universiteti talabalari jabrlangan va halok bo‘lgan. Universitet hukumatning Suets viloyatidagi milliy loyihalaridan biri hisoblanadi.
Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, avtobus haydovchisi tezlikni haddan tashqari oshirib yuborgan va transport vositasini boshqarishda nazoratni yo‘qotgan.
Mamlakat statistika agentligining 2022 yilgi hisobotiga ko‘ra, 2021 yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida Misrda 7 101 kishi halok bo‘lgan va bu 2020 yilga nisbatan 15,2 foiz ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand poytaxti Bangkok chekkasida o‘quvchilar va o‘qituvchilarni olib ketayotgan maktab avtobusi yonib ketishi oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi