Misr Suvaysh kanali to‘silib qolishidan qancha zarar ko‘rgani ma’lum qilindi
Olam
−
01 aprel 2021
11891Ever Given konteyner kemasi Suvaysh kanaliga tiqilib qolib, yo‘lni to‘sib qo‘ygani oqibatida Misr ko‘rgan moliyaviy zarar 1 milliard dollarga yetishi mumkin.
Bu haqda kanal ma’muriyati rahbari Usama Rabia ma’lum qilgan.
"Hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar milliard dollarga yetadi", degan Rabia.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu miqdor yo‘l to‘silib qolgani natijasida yetkazilgan zararni, shuningdek kemani quruqlikka olib chiqish xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, Rabia Ever Given konteyner kemasi tergov yakuniga qadar hibsga olinishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 martga o‘tar kechasi Xitoydan Niderlandiyaga yo‘l olgan konteynerlarni tashuvchi eng yirik kemalardan biri Ever Given Suvaysh kanaliga tiqilib qoldi. Shu munosabat bilan 450 dan ortiq kemalarning tirbandligi yuzaga keldi.
29 mart kuni qutqaruvchilar 27 ming kubometr qum chiqarilgandan so‘ng Ever Given kemasini ozod qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ma’lumot o‘rnida, Suvaysh kanali Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘lagi hisoblanadi. Kanal O‘rta yer dengizidagi Port-Said shahridan boshlanib, Qizil dengizdagi Suvaysh portida nihoyasiga yetadi. Kanal ma’muriyati Port-Fuadda joylashgan.
LiveBarchasi