Mishel fon der Lyayendan qasos olmoqchi – “Politico”

Olam

image

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayendan o‘ch olish istagi tufayli uning ikkinchi muddatga saylanishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida. Bu haqda Yevropaning “Politico” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bryusselda Yevropa rasmiylari Mishel ko‘p yillik raqobatdan keyin "o‘z dushmanini" ag‘darib tashlashni rejalashtirayotganidan qo‘rqishyapti. Ismi oshkor etilmagan yevropalik mulozimning so‘zlariga ko‘ra, Mishel Yevropa parlamentiga saylovlardan so‘ng, Bryusselda yana bir “yuqori lavozim”ni egallashi mumkin bo‘lsa, Yevrokomissiya rahbarining “qoqilishini” istaydi.

“Yevropa Ittifoqining ko‘plab a’zolari Yevroparlament saylovlaridan keyin YeI sammitida Ittifoqning yuqori lavozimlarini taqsimlashga rahbarlik qiladigan Mishel konstruktiv harakatlar o‘rniga fon der Lyayendan "shaxsiy qasos olish kun tartibini" olib borishidan xavotirda”, deb yozadi nashr.

Ta’kidlash joizki, Mishel Yevropa Kengashiga rahbarlik qilgan yillari davomida "tanqid va masxara nishoniga aylangan" bo‘lsa, fon der Lyayenning shuhrati COVID-19 pandemiyasi va Ukrainadagi mojaro sharoitida fonida o‘sib bordi.

Yevrokomissiyaning amaldagi rahbari so‘rovnomalarda o‘z raqobatchilaridan oldinda, bu esa saylov natijalaridan keyin hokimiyatni saqlab qolish uchun mustahkam asos beradi.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqining asosiy hujjatlariga ko‘ra, Yevrokomissiya rahbari Yevropa Ittifoqi rahbarlarining sammiti qarori bilan tayinlanadi va Yevroparlamentda yashirin ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlanadi, unda nomzod ko‘pchilik ovozini olishi kerak. Yevroparlamentga saylovlar 6-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni Sharl Mishel Yevroparlament saylovlarida qatnashmaslik qarorini e’lon qilgandi. Ursula fon der Lyayen esa 7 mart kuni Buxarestda bo‘lib o‘tgan Yevropa xalq partiyasi kongressida Yevropa komissiyasi rahbarligiga rasman nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Evropa COVID-19 Sharl' Mishel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made