Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mebel sexida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
10:59 780 1 daqiqa
Bugun, 7 avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv 6-dahasida joylashgan sexda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:01 da Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv 6-dahasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga murojaat kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 10:15 da qurshab olinib, soat 10:19 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 avgust kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ishlab chiqarish sexlaridan birida ham yong‘in sodir bo‘lgan edi. Shuningdek, mazkur tumanidagi do‘konlardan birida ham dahshatli yong‘in sodir bo‘lgandi. Bundan tashqari, Navoiy shahri M. Tarobiy ko‘chasidagi oziq-ovqat savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust