Navoiyda oziq-ovqat do‘koniga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 6 avgust kuni Navoiy shahri M. Tarobiy ko‘chasidagi oziq-ovqat savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 17:57 da Navoiy shahri M. Tarobiy ko‘chasi “Farovon“ MFY hududidagi ko‘p qavatli uyning 1-qavatida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘konida yong‘in chiqqanligi to‘g‘risida Navoiy viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, Navoiy viloyati FVBdan jami 4 ta qutqaruv bo‘linmasi soat 18:01 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 18:07 da bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida oziq-ovqat savdo do‘konining 20 kvadrat metr maydonidagi shift qismi jihozlari hamda savdo mahsulotlari yonib, zararlangan. Yong‘indan do‘konning 35 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Bildirilishicha, yong‘in sababi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat FVB rahbarlari chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 avgust kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ishlab chiqarish sexlaridan birida ham yong‘in sodir bo‘lgan edi. Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi do‘konlardan birida dahshatli yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing