Bir yo‘la to‘rtta viloyatda bir qancha bemorlar sog‘ayib chiqdi
Jamiyat
−
01 may 2020
9934Xorazm, Farg‘ona, Andijon va Samarqand viloyatida jami 30 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 1 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Shu soatlarda bir yo‘la to‘rtta viloyatda: Xorazmda 14 nafar, Farg‘onada 12 nafar, Andijonda 3 nafar hamda Samarqandda 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, endilikda to‘liq sog‘ayganlar Xorazmda 135 nafarga, Farg‘onada 73 nafarga, Samarqandda 22 nafar hamda Andijonda 109 nafarga yetgan. Shunday qilib, bugun 79 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1212 nafarni tashkil etmoqda. Davolanayotgan bemorlar esa 854 nafargacha kamaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2075 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi