Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi. 

Kecha O‘zbekiston rahbari Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Bugun Anqara shahrida O‘zbekiston Prezidenti raisligida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Sammit yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made