Mirziyoyevning tashabbusi BMTda ma’qullandi

Jamiyat

image

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lashga doir tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, tashkilotga a’zo barcha davlatlar O‘zbekiston tomonidan 40 ta mamlakat hammuallifligida ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.

“Ushbu rezolyutsiyani ishlab chiqish va unda ikki mintaqa muloqotining umumiy yondashuvlari, asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini mustahkamlab qo‘yish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yil iyul oyida o‘tkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Toshkent konferensiyasida ilgari surilgan edi”, deydi Asadov.

Shuningdek, hujjatda Shavkat Mirziyoyevning 2022 yilni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida “O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash yili” deb e’lon qilish taklifi yuqori baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev BMT

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing