Mirziyoyevning tanqididan so‘ng Surxondaryoda yo‘llar ta’mirlanishi boshlandi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida o‘zi mashina haydab, yo‘llarning sifatini sinovdan o‘tkazgani va qoniqish hosil qilmagani haqida xabar berilgan edi. Davlat rahbarining ushbu tanqididan so‘ng Surxondaryoda 111 kilometr yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha doirasida umumiy uzunligi 111 kilometr bo‘lgan avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinadi. U viloyatning Boysun, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan o‘tadi.

Bugungi kunda qurilish ob’ektida asosiy ishlar bajarilmoqda. Hozirda ob’ektga 70 tadan ortiq maxsus mashina va mexanizm hamda 120 nafar ishchi xodim jalb qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 227,3 million dollar, shundan 183,8 million dollar Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘i va 43,5 million dollar O‘zbekistonning ulushi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Shavkat Mirziyoev yo'llar tanqidi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing