Prezident Boysunda mashina haydab, yo‘llarni tekshirdi
Jamiyat
−
14 mart 2023
13388O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida o‘zi mashina haydab, yo‘llarning sifatini sinovdan o‘tkazdi va qoniqish hosil qilmadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov videolavha e’lon qildi.
“Prezident Boysun-Denov yo‘nalishidagi yo‘llar sifati bo‘yicha odamlardan tushayotgan e’tirozlarni inobatga olib, Surxondaryo yo‘llarida o‘zi avtomobil haydab ko‘rishga qaror qildi”, deydi Asadov.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oq rangdagi Malibu avtomobilini boshqargan. Unga viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohlik qilgan.
"Yo‘lda yurishimizning maqsadi Denov-Boysun yo‘lidan odamlar juda katta e’tiroz bildirgan. Birovga ishonsang, yolg‘on gapiradi, hammasi yaxshi deydi, yashiradi. O‘zimiz ko‘zimiz bilan ko‘ryapmiz-ku, bu yo‘llarda yurib bo‘lmaydi", deydi Prezident.
LiveBarchasi