Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
22 noyabr 2019
8787Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning boshida Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifi kelasi yilning fevral oyida bo‘lishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvi vaqtida aytib o‘tildi.
Federatsiya Kengashi O‘zbekiston Rahbarining Rossiyaga tashrifi dasturini parlamentga doir masalalar bilan boyitishga o‘z hissasini qo‘shishi ta’kidlandi. Rossiya tomoni tashrif arafasida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston tomonining taklifini qo‘llab-quvvatladi.
LiveBarchasi