Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Sian shahrida davlat rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazgan. Yakunda yetakchilar Qo‘shma bayonotni imzolagan. Shuningdek, 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturi qabul qilingan.

Tashrif doirasida jami 41 ta ikki tomonlama hujjat imzolanib, umumiy qiymati 25 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yangi yuqori texnologik sanoat, savdo va investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi ko‘rgazmasi bilan tanishilib, yangi qo‘shma loyihalar ishga tushirilgan. Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Shu bilan birga davlat rahbari “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surgan.

Aeroportda O‘zbekiston yetakchisini XXR madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, Shensi muzofoti gubernatori Chjao Gan va faxriy qorovul kuzatib qo‘ygan.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing