Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
06 noyabr
3177Bugun, 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit doirasida O‘zbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. "Manas" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining 11-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilingan va ko‘p tomonlama hujjatlar imzolangandi.
LiveBarchasi