Mirziyoyeva AQSHdagi Metropoliten muzeyida bo‘ldi (video+foto)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi davomida Metropoliten muzeyi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda u Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u AQSHdagi Metropoliten muzeyining islom san’ati kuratori Navina Haydar va ko‘rgazmalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Kuinsi Xouton bilan ko‘rishgan.

“Dunyodagi eng nufuzli muzeylardan biri O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Metropoliten san’at muzeyi xodimlarining 2024 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan IV Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qildik. Men uchun institutlar o‘rtasidagi muloqot juda muhim. Bu mutaxassislarning ichki rivojlanishi va madaniy almashinuviga turtki beradi”, degan Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekistondagi muzeylar mutaxassislarining stipendiya dasturida ishtirok etishi va Metropoliten muzeyida malaka oshirish masalasi ham ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 mart kuni Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashgandi. Nyu-York meri Erik Adams qatnashgan uchrashuvda Mirziyoyeva boshchiligida AQSHdagi o‘zbekistonliklar uchun Navro‘z munosabati bilan bayram dasturxoni yozilgan. Bundan tashqari, 23 mart kuni Mirziyoyeva BMTning bosh qarorgohida Suv masalalariga bag‘ishlangan konferensiyaning yuqori darajadagi yalpi majlisida nutq so‘zlagan edi. Shundan so‘ng u Oq uyda AQSH rahbari administratsiyasining gender siyosati bo‘yicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn va Jo Baydenning yordamchisi bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Saida Mirziyoeva Metropoliten muzeyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing