Mirziyoyev Yaponiyaning yangi Bosh vaziriga maktub yo‘lladi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2020
4341Avval xabar berganimizdek, Yoshihide Suga bugun, 16 sentyabr kuni ovoz berish natijalariga ko‘ra, Yaponiyaning yangi Bosh vaziri etib saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yoshihide Sugaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlat rahbarining maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani ta’kidlangan hamda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.
Ma’lumot uchun, bir necha kun oldin Yoshihide Suga Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasining yangi rahbari bo‘lgandi. Uning nomzodini yoqlab 535 deputatdan 377 nafari ovoz bergandi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe 28 avgust kuni sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli iste’foga chiqdi.65 yashar Abe avgust oyining boshidan beri bir qator muolajalarni boshdan kechirgan. Uning iste’fosiga oshqozon yarasi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr