Mirziyoyev va Putin rus tili bo‘yicha ishlarni faollashtirishga kelishib oldi

Olam

image

Rossiya va O‘zbekiston innovatsion texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni oshiradi. Bundan tashqari, Moskva va Toshkent rus tilini o‘rganish sohasida akademik almashinuv va hamkorlikni faollashtirish niyatida. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 26-27 may kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotida so‘z borgan. 

Prezidentlar yuqori va raqamli texnologiyalar sohasida, jumladan, ikki davlat innovatsion markazlari va texnoparklari o‘rtasidagi hamkorlik orqali yaqin hamkorlik qilish zarurligini qayd etgan. 

“Vazirliklar, idoralar va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish har tomonlama rag‘batlantirishga loyiq”, deyiladi qo‘shma bayonotda. 

Mamlakatlar “Oliy ta’lim tashkilotlari (muassasalari) va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Toshkentda N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiallari ochilishini rejalashtirmoqda. 

“Tomonlar O‘zbekistonda rus tili va rus tilidagi fanlarni o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda davom etadi”, deyiladi bayonotda.  

Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishda akademik va ilmiy almashinuvni rivojlantirish uchun o‘rta ta’lim tizimlari uchun ixtisoslashtirilgan pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin rus tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made