Mirziyoyev O‘zLiDeP syezdida qatnashadi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2021
4950Birozdan so‘ng, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’yezdi boshlanadi. Unda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi. Bu haqda Prezident Administrasiyasi raisi o‘rinbosari – Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bugun, 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan partiya s’yezdida Shavkat Mirziyoyev nomzodi joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan Prezident sayloviga nomzod o‘laroq tasdiqlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugungacha Ekologik partiyadan Narzullo Oblomurodov, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov nomzodi tasdiqdan o‘tgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 4 dekabr kuni o‘tkazilgan Prezident saylovida 15 million 906 ming 724 nafar saylovchining ovozini to‘plab, umumiy saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan g‘alabaga erishgan edi.