Mirziyoyev O‘zbekistonda investorlar uchun to‘siqlar olinganini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekston ochiqlik siyosatini ta’minlash maqsadida 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz kirish imkoniyatini yaratdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 mart kuni birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi ochilishidagi nutqida aytib o‘tdi.

Prezident nutqi davomida investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.

U 2017 yilda milliy valyuta – so‘mning erkin konvertatsiyasini joriy qilib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bog‘liq barcha cheklovlar olib tashlanganini qayd etdi.

“Bank va yirik korxonalarimiz ilk marta xalqaro reytinglar olib, jahon moliya bozorlariga chiqdilar. Dunyo bozorlariga milliy valyutamizda ham xalqaro obligatsiyalar chiqarildi.

Shu bilan birga, biz bank-moliya sohasidagi islohotlarimizni tizimli ravishda davom ettirish zarurligini albatta yaxshi tushunamiz.

Mamlakatimizda ochiqlik siyosatini ta’minlash uchun 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratdik”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolariga esa yengillashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati berildi.

“Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston mintaqadagi eng ochiq davlat maqomini qo‘lga kiritgani bugun hech kimga sir emas”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing