Mirziyoyev O‘zbekiston raisligida SHHT nimalarga e’tibor qaratishini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Bugun, 17 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining Dushanbedagi sammitida ushbu nufuzli tashkilotga 2021-2022 yillarda raislik qilish O‘zbekistonga o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning SHHTdagi raisligidagi ustuvor vazifalarini bayon qildi. Bular:

•    SHHTning nufuzi va salohiyatini yanada oshirish;

•    Ichki mintaqaviy savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

•    Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish va bu borada hamkorlikni nazarda tutuvchi markazlarni tuzish;

•    SHHTning Transport bog‘liqligi strategiyasini qabul qilish;

•    SHHT makonida infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

•    kambag‘allikni kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligi sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish;

•    SHHTning xalqaro axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar forumini ta’sis qilish;

•    SHHTning Ezgu niyat elchisini institutini joriy qilish;

•    turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish;

•    yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilish.

O‘zbekiston raisligi davrida Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlar bilan birgalikda 80 dan ortiq tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing